Программная площадка Министерства финансов

Материалы

Davlat moliyasini boshqarish sohasiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali byudjet tashkilotlariga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”da "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish belgilab berilgan.

Davlat byudjetining g’azna ijrosini amaliyotga tadbiq etish hisobiga byudjet tizimini zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalangan holda boshqarish, byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishini ta’minlash Moliya vazirligining muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifasi hisoblanadi.

Bugun Davlat moliyasini isloh kilish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar xalqaro standartlar va rivojlangan mamlakatlarning ilg’or tajribalarni respublikamizda joriy qilishni ko’zda tutgan.

Mamlakatimiz moliya tizimida byudjet jarayoni elektron tizimga o’tkazilib, vazirlik veb-sayti, elektron hujjat aylanmasi, kadrlar hisobini yuritish va interaktiv xizmatlarni ko’rsatish, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish borasida «UzASBO» dasturiy axborot tizimlari ishga tushirilgan.

Ushbu axborot tizimlari orqali zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga o’zaro kontaktsiz trzda xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirishga, shuningdek vakolatli organlar bilan o’zaro elektron hamkorlikni yo’lga qo’yilishi natijasida, quyidagi bir qator ishlarni amalga oshirishga erishildi, jumladan:

  • byudjet tashkilotlari tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga topshiriladigan hisobotlar, to’lov topshiriqnomalari va ish haqi so’rovnomalari faqat elektron tarzda g’aznachilik bo’linmalariga yuborish tartibi joriy qilindi;
  • daromadlarning g’azna ijrosida byudjetga ortiqcha yoki noto’g’ri to’langan mablag’larni qaytarishda davlat soliq xizmati organlari, moliya va g’aznachilik bo’linmalari o’rtasida mablag’larni qaytarishga xulosalar va to’lov hujjatlarini elektron tarzda almashish tartibi joriy qilinganligini keltirish mumkin.

Hozirgi kunda, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va tibbiyot muassasalarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tashkil etilishi munosabati bilan, Moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (“DMBAT”) va byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish (“UzASBO”) dasturiy majmualarida takomillashtirish ishlari olib borilmoqda, ya’ni byudjet tashkilotlari tomonidan ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etiladigan shartnomalar va unga ilovalar, hisobvaraq fakturalarni elektron hujjat shaklida taqdim etish.

Byudjetni tuzish, shakllantirish va tasdiqlash jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali elektron byudjet tuzishni joriy qilish va byudjet jarayonlarining barcha bosqichlarida jamoat nazoratini ta’minlash uchun uning shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

 

ОНЛАЙН ПОСЕТИТЕЛИ

Сейчас один гость и ни одного зарегистрированного пользователя на сайте

Основные проекты